Moskvadagi ko‘rgazmada taniqli o‘zbek kompaniyalari ham qatnashdi
Fevral 13, 2026. 16:08 • 54 soniya
• 149MOSKVA, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Rossiya poytaxtida o‘tkazilgan “PRODEKSPO–2026” xalqaro ko‘rgazmasida mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatining 19 ta kompaniyasi ishtirokidagi stendlar namoyish etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ishtirokchilar orasida “Lindo Confectionery”, “Firdavs Shirinliklari”, “Erk Makon”, “Aqua Diamond”, “Accord Vision”, “Musa Servis”, “Chortoq Mineral Water”, “Brightly Mega Water”, “Rozmetov Z.M.” va boshqa kompaniyalar bor.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida qator o‘zbekistonlik eksportchilar uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ko‘magida Rossiyaning yetakchi riteylerlari – “X5”, “Magnit”, “Diksi”, “Lenta”, “Ashan”, “Grand Treyd” va boshqa guruhlar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berish bo‘yicha birgalikda ishlash bo‘yicha aniq kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, “PRODEKSPO” – Rossiyadagi yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, oziq-ovqat va ichimliklar sohasidagi nufuzli yillik tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu galgi ko‘rgazmada 35 dan ortiq mamlakatdan 2 mingga yaqin kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Ushbu tadbir 25 yildan ortiq vaqt davomida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab kelmoqda. Har yili ko‘rgazmada Rossiya va xalqaro tarmoqlar, marketpleyslar va umumiy ovqatlanish korxonalari xaridorlari bilan muzokaralar olib boriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


