O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ar-Riyoz viloyati amiri bilan uchrashdi
May 03, 2026. 20:01 • 2 daq
• 138
TOSHKENT, 3 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Ar-Riyoz viloyati amiri shahzoda Faysal bin Bandar Ol Saud bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Tarixiy va zamonaviy Ar-Riyoz shahrida ushbu mintaqa Amiri, shahzoda Faysal bin Bandar Ol Saud Hazrati Oliylari bilan uchrashish biz uchun katta sharaf bo‘ldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Delegatsiyamizga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bu eʼtibor Podshohlikning oliyjanob anʼanalari va saxovatini yaqqol namoyon etishini taʼkidladik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida ishonch va do‘stlikka, shuningdek taraqqiyot va farovonlikka bo‘lgan umumiy intilishlarga asoslangan munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotganini yuqori baholadik.
Hamkorlikni yana-da rivojlantirish va aloqalarga yangicha mazmun bag‘ishlash, jumladan mintaqaviy darajada ham kengaytirishga qatʼiy intilishimizni tasdiqladik.
O‘zaro manfaatli ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanimizni bildirdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi