Logo

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da mustahkamlash maqsadida qo‘shma saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar

May 04, 2026. 10:00 • 2 daq

270
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da mustahkamlash maqsadida qo‘shma saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar

TOSHKENT, 4-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ar-Riyozda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud Hazrati Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari tomonidan Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Aʼlo Hazratlari hamda Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud Hazrati Oliylari nomlariga yo‘llagan samimiy salom va ezgu tilaklar yetkazildi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro muhim masalalar, xususan Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda muloqot va diplomatiyaning ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashdik.

Shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning izchil kengayib borayotganini ko‘rib chiqib, mamlakatlarimiz Rahbarlari tomonidan yaratilgan mustahkam va uzoq muddatli asosga tayangan sherikligimizning chuqurlashib borayotganini qayd etdik.

Yaqin hamkorlikni saqlash va ko‘p qirrali sherikligimizni yana-da mustahkamlash maqsadida qo‘shma saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldik.

O‘zaro munosabatlarimizni yana-da chuqurlashtirish har ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish