O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ar-Riyozda Saudiya Arabistoni farmatsevtika kompaniyasi direktori bilan uchrashdi
May 03, 2026. 12:00 • 55 soniya
• 230
TOSHKENT, 3-may. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Sudair Pharma” kompaniyasi bosh direktori Yasser Ibrohim Al-Ubayda bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrif doirasida “Sudair Pharma” kompaniyasi bosh direktori Yasser Ibrohim al-Ubayda bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida farmatsevtika sohasida hamkorlik imkoniyatlari va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalarini muhokama qildik.
Kompaniyani O‘zbekiston bozori imkoniyatlarini o‘rganishga va yaqinda bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etdik.
O‘zaro manfaatli natijalarga erishishga ishonamiz”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi