Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

May 03, 2026. 14:15 • 2 daq

114
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 3-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ar-Riyozda Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Fahad bin Abdulajalil Al-Saif bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Fahad bin Abdulajalil Al-Saif bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O‘zbekiston–Saudiya hamkorligi o‘zaro ishonch va hurmat asosida izchil rivojlanayotgani taʼkidlanib, investitsiyaviy sheriklik ko‘lami va sifati ortib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, munosabatlarimizni yana-da kengaytirish va mavjud mexanizmlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Saudiyalik hamkorlarni shu yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etdik.

Bugungi uchrashuv ko‘p qirrali sherikligimizni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish