Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
Dekabr 08, 2025. 13:47 • 34 soniya
• 298
OLMAOTA, 8-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan bir guruh vatandoshlar yurtimizga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Olmaota shahrida ish beruvchilar tomonidan mehnat haqlari berilmasdan, og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan bu hamyurtlarga konsullik hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatildi.
Konsulxona tomonidan ularning yurtimizga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan Olmaota–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar sotib olishda ko‘maklashildi.
Bu saʼy-harakatlar mamlakatimiz tashqi siyosatida ham fuqarolar manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etishining yana bir bor tasdig‘idir.
O‘zbekistonning hech bir fuqarosi eʼtiboran chetda qolmaydi va Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar ko‘riladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi