Logo

Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi

Dekabr 12, 2025. 15:10 • 58 soniya

54
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi

LONDON, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. London universitet kollejida Britaniyadagi O‘zbekiston talabalari ittifoqi (UzSU) aʼzolari, “El-yurt umidi” fondi stipendiatlari va boshqa vatandosh talabalar o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda London, Birmingem va Britaniyaning boshqa shaharlarida taʼlim olayotgan 50 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.

Turnir doirasida O‘zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda o‘zbek madaniyati burchagi va milliy musiqachilarning jonli chiqishi tashkil etildi. Ishtirokchilarga Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa jadidchilar hayoti va ijodi to‘g‘risida kitoblar tarqatildi. 

Turnir qatnashchilari ushbu intellektual bellashuv ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashi hamda o‘zaro fikr-mulohaza almashishi uchun imkon berganini taʼkidladi. Ular yaqinda “London Chess Classic – 2025” xalqaro shaxmat turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning muddatidan oldin g‘alaba qozonganini faxr bilan tilga oldi.

Musobaqa ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bellashuv g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir qatnashchilariga London shahridagi “Oshpaz” restorani tarmog‘i xizmatda bo‘lib, o‘zbek milliy taomlarini taqdim etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish