Logo

Pokistonning go‘sht va kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi

12
Pokistonning go‘sht va kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi
Pokistonning go‘sht va kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi
Pokistonning go‘sht va kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi
Pokistonning go‘sht va kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi

ISLOMOBOD, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. Yurtimiz elchixonasi ko‘magida 19–20-fevral kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyaning Pokistonning Lahor va Okara shaharlariga safarlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida bank, qishloq xo‘jaligi, veterinariya va karantin idoralari vakillari o‘rin oldi.

Safar O‘zbekistonda Pokiston tajribasi asosida go‘sht va kartoshka yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida uyushtirildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz elchisi Alisher To‘xtayev hamrohligida Pokistonning go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan yirik “Zenith”, «Tazij Meats», «Abedin International», «Anis Associates», «Go Food» va «Quality Meat» kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida O‘zbekistonda chorva mollarini birgalikda yetishtirish, mamlakatimizda go‘sht saqlash omborxonalari va distribyutorlik markazlarini tashkil etish, O‘zbekistonga go‘sht yetkazib berish shartlari hamda transport-logistika masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz vakillari korxonalar faoliyati, yetishtirilayotgan go‘shtning xalqaro talablarga javob berishi va tegishli sertifikatlari bilan tanishdi.

Uchrashuvlar natijasida mazkur kompaniyalar bilan O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va go‘sht eksportini oshirish bo‘yicha tijoriy takliflar taqdim etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston tomoni Pokistonda kartoshka yetishtirish va xorijiy mamlakatlarga eksport qilishga ixtisoslashgan «Chase International», «FFF Traders», «Al Khas Trading», «Jamshaid Traders», «Madina Enterprises» va boshqa kompaniyalarga tashrif buyurdi hamda korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan O‘zbekistonda kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va sifatini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba va texnologiyalar almashishga eʼtibor qaratdi.

Muzokaralar natijasida Pokiston tajribasi asosida O‘zbekiston hududlarida kartoshka yetishtirish loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish