Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vyetnam delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oktabr 15, 2023. 10:33 • 34 soniya

2091
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vyetnam delegatsiyasi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahromjon A'loyev TIVda Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Tashqi aloqalar bo'yicha komissiyasi raisining ijrochi o'rinbosari Nguyen Txi Xoang Van boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston-Vyetnam hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiy va xalq diplomatiyasini faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat turli partiyalarining o'zaro aloqalari masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Tomonlar o'zaro manfaatli ko'plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan ulkan salohiyatini ro'yobga chiqarish bo'yicha sa'y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.


Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish