Logo

Pokiston OAV O‘zbekiston Prezidentining Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitidagi nutqini keng yoritdi

Dekabr 21, 2025. 13:58 • 2 daq

90
Pokiston OAV O‘zbekiston Prezidentining Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitidagi nutqini keng yoritdi
Pokiston OAV O‘zbekiston Prezidentining Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitidagi nutqini keng yoritdi
Pokiston OAV O‘zbekiston Prezidentining Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitidagi nutqini keng yoritdi

ISLOMOBOD, 21-dekabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidentining Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitidagi nutqini va tashabbuslarini keng yoritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, ushbu mamlakatning "Diplomatic News Agency" axborot agentligi, "The World News""New Network Pakistan""Pakistan In the World""Global News Pakistan""Cpec News""The Diplomatic Insight""Diplomatic Affairs""Islamabad Post", elektron va bosma nashrlari va "Pakistan Today" gazetasida O‘zbekiston Prezidentining “MO-Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqini to‘liq eʼlon qildi va Davlatimiz Rahbarining kunchiqar yurt bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan takliflarining mazmun-mohiyatiga doir turkum maqolalar eʼlon qilindi.

 Nashrlarda 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etdi va o‘z nutqida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi.

«Avvalo, sammitlarni Davlat Rahbarlari darajasida har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklif qilindi. Bu hamkorlikka qo‘shimcha kuchli surʼat bag‘ishlashga xizmat qiladi. Navbatdagi shunday uchrashuvlardan birini O‘zbekistonda qabul qilishga tayyorlik bildirildi. Yaponiyaning adliya va huquq sohasida hamkorlik bo‘yicha yangi doimiy mexanizmini yaratish va kelgusi yili Tokioda adliya vazirlarining birinchi uchrashuvini tashkil etish borasidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi», – deyiladi manbalarda.

O‘zbekiston yetakchisi Respublika «Markaziy Osiyo – Yaponiya 2040» hamkorlik strategiyasini ishlab chiqib, hujjatga mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish va ularni global iqtisodiy jarayonlarga chuqur integratsiya qilish bo‘yicha aniq dastur va loyihalarni kiritish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Pokiston OAV, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi g‘oya va takliflarni ishlab chiqish, hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini shakllantirish uchun mamlakatlarning yetakchi tahlil tuzilmalari ishtirokida Ekspertlar forumini taʼsis etish muhimligi taʼkidlaganiga eʼtibor qaratgan. Qayd etilganidek, forumning ilk majlisini kelgusi yili Toshkentda o‘tkazish taklif qilindi.

“O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya moliya institutlarining Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishini olqishladi”, – deya urg‘ulangan maqolalarda.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish