O‘zbekistonning BAA dagi elchisi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Dekabr 24, 2025. 20:04 • 28 soniya
• 515
TOSHKENT, 25-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Abdulaziz Akkulov mamlakatimiz Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.
1985-yilda tug‘ilgan Abdulaziz Akkulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm yo‘nalishida menejment mutaxassisligini tamomlagan. 2006-yildan buyon turizm sohasida faoliyat yuritib, mutaxassislikdan vazir o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2022-yilning sentyabr oyida BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi