Logo

O‘zbekiston–Yaponiya o‘rtasida sayyohlar almashinuvi rivojlanmoqda

Dekabr 22, 2025. 14:04 • 48 soniya

269
O‘zbekiston–Yaponiya o‘rtasida sayyohlar almashinuvi rivojlanmoqda

TOSHKENT, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. 2025-yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro sayyohlik safarlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–noyabr oyida Yaponiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolarining 2,2 ming nafari sayohat maqsadida, 294 nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida , o‘qish uchun esa 137 nafari, xizmat yuzasidan 58 nafari hamda 4 nafar fuqaro davolanish maqsadida safar qilgan.

Bu davrda O‘zbekistonga qariyb 30 ming nafar yaponiyalik turistik maqsadda tashrif buyurgan. Yaponiyalik sayyohlar soni avvalgi yilning mos davriga nisbatan 41,1 foizga ko‘paygan.

Yaponiyaliklarning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 27,6 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash – 1,5 ming nafar, xizmat yuzasidan – 784 nafar, o‘qish uchun – 71 nafar, tijorat maqsadida – 1 nafar tashrif qayd etilgan.

O‘zaro tashriflar dinamikasi gumanitar aloqalarning mustahkamlanayotgani, har ikki mamlakatning madaniy merosiga qiziqish ortib borayotgani hamda turizm sohasidagi qo‘shma tashabbuslar samaradorligi oshganini ko‘rsatmoqda.

 

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish