O‘zbekiston talabalari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tgan millatlararo yoshlar festivaliga qatnashdi
Dekabr 23, 2025. 16:59 • 34 soniya
• 121
KRASNOYARSK, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Krasnoyarskda O‘zbekistonning Novosibirsk shahiradgi Bosh konsulxonasi ko‘magida ushbu shahardagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar “Kras Unity” millatlararo yoshlar festivalida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bugungi kunda Krasnoyarsk shahridagi oliy o‘quv yurtlarida mamlakatimizdan 70 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Tadbir davomida talabalarimiz O‘zbekistonning madaniyati, sanʼati, bugungi kundagi izchil taraqqiyoti, o‘zbek xalqining anʼana va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi teatrlashtirilgan dasturlarni namoyish etdi.
Hamyurtlarimizning sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, o‘zbek xalqining madaniyati va sanʼati alohida eʼtirof etildi.
Forum doirasida “Gastrobozor” tashkil etilib, unda milliy o‘zbek taomlari taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Londonda “To‘maris” ayollar jamoat birlashmasining bir yilligi nishonlandi