Logo

Germaniyaning Myunxen shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

Dekabr 20, 2025. 16:42 • 2 daq

171
Germaniyaning Myunxen shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi
Germaniyaning Myunxen shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi
Germaniyaning Myunxen shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

MYUNXEN, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Myunxen shahrida “O‘zbekistonni kashf eting!” mavzusida mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu taqdimot tadbiri O‘zbekiston elchixonasi tomonidan “Sicher-Reisen” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda Bavariya federal o‘lkasining “Studiosus”, “Explorer”, “Kraft Travel”; “Gastager Weltreisen” kabi qator yirik turkompaniyalari, turoperatorlar va turizm uyushmalari aʼzolari, jurnalistlar, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Myunxendagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv elchixona vakillarining qutlov so‘zi bilan ochildi. Qatnashchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, xususan, turizm sohasida so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar va xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va imtiyozlar, sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari hamda zamonaviy transport va logistika infratuzilmalari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Shundan so‘ng, “O‘zbekistonda turizmning yangilaganayotgan manzaralari: ulkan maqsadlar – katta vazifalar” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar mamlakatimizning boy va istiqbolli turizm salohiyati, anʼanaviy va yangi sayyohlik yo‘nalishlari, turkompaniyalar va turoperatorlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

O‘zbekistonning Germaniyadagi turizm brendi elchisi Gerxard Birkl o‘z nutqida mamlakatimizni uzoq yillardan yaqindan bilishi hamda so‘nggi yillarda turizm sohasida eʼtirofga loyiq o‘zgarishlar yuz berganini taʼkidlab, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi, qadimiy shaharlarini nemis sayyohlari nigohidan tanishtirdi. Turizm elchisi muallifligida tayyorlangan yurtimiz go‘zalligi va sayyohlik maskanlari haqida videolavha yig‘ilganlarga namoyish etildi.

“Sicher-Reisen” sayyohlik kompaniyasi rahbari Viktoriya Nisshe joriy yil elchixona ko‘magida yurtimizga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida orttirgan tajribasi bilan bo‘lishdi va mamlakatning serqirra turizm salohiyati germaniyalik sayyohlar uchun jozibador turizm maskaniga aylanib borayotgani hamda bu kabi tadbirlar sayyohlar sonini yanada oshirishga xizmat qilishini aytdi.

Tadbir davomida Turizmni qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan videoroliklar va videolavhalar namoyish etildi. Shu bilan birga, yurtimiz turizmi salohiyatini yorituvchi tarqatma materiallar, amaliy sanʼat buyumlari, milliy liboslar, zardo‘zlik va kashtachilik namunalari, turli sharqona matolar, anʼanaviy kiyim-kechaklar hamda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ekspozitsiya ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, O‘zbekistonning boy madaniy merosi va turistik jozibadorligini yaqqol namoyon etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish