UNODC koordinatori Yusuf Qurbonov: Samarqand forumi narkotahdidlarga qarshi kurashda idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi
Aprel 22, 2026. 18:55 • 2 daq
• 86
SAMARQAND, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi xalqaro dasturlar koordinatori Yusuf Qurbonov “Dunyo” AA muxbiriga “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
– Samarqand xalqaro forumining uchinchi sessiyasiga moderatorlik qildim. Ushbu sessiya rasmiy idoralarning tez surʼatlar bilan o‘sib borayotgan giyohvand moddalar landshaftiga qanday javob qaytarayotganiga qaratilgan. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi nafaqat transmilliy tus olmoqda, balki u yana-da moslashuvchan bo‘lib, sintetik dorilar va yangi psixoaktiv moddalarga tomon o‘zgarib bormoqda.
Ushbu sessiyani o‘tkazish uchun ko‘plab yuqori malakali xalqaro ekspertlarni jalb qildik. Tadbirlarda 200 nafarga yaqin ishtirokchi jam bo‘ldi. Muhokamalarning asosiy mavzusi idoralararo hamkorlikka qaratildi. Biz O‘zbekistonning turli huquqni muhofaza qiluvchi organlarini muvofiqlashtirilgan va samarali ishlash uchun birlashtirgan idoralararo mobil guruhlari haqida gaplashdik. Ushbu saʼy-harakatlar hamkorlik operatsion natijalarni qanchalik yaxshilashini ko‘rsatib beradi.
Sessiya davomida, sintetik giyohvand moddalar va yangi psixoaktiv moddalar kontekstida, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda sud-tibbiy ekspertizasining muhim rolini ham ko‘rsatib o‘tildi.
Umuman olganda, sessiya yakuni bo‘yicha innovatsion texnologiyalardan foydalanish, idoralararo hamkorlikni takomillashtirish, moliyaviy tergov va sud ekspertizasidan samarali foydalanish orqali giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlarinining hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi