Logo

O‘zbekiston va Chexiya innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Mart 17, 2026. 14:54 • 2 daq

309
O‘zbekiston va Chexiya innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

PRAGA, 21-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Innovasion rivojlanish agentligi hamda Chexiya Sanoat va savdo vazirligi tasarrufidagi “CzechInvest” agentligi o‘rtasida innovatsiyalar sohasiga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi, , deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri..

Elchixona ko‘magida tashkil etilgan onlayn muloqotda “CzechInvest” agentligining texnologik rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Katerina Rundova, tashqi faoliyat va innovatsiyalar departamentlari rahbarlari, O‘zbekiston Innovasion rivojlanish agentligi bo‘limi boshlig‘i Xamrobek Rahmonqulov va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar har ikki mamlakatda startaplar va innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shu jumladan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish borasida tajriba almashdi.

O‘zbekiston tomoni amalga oshirilayotgan texnologik inkubatsiya, akseleratsiya va moliyaviy grantlar tizimi haqida ma’lumot berdi. Chexiya vakillari esa mamlakatda innovasion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar startap dasturlari bo‘yicha tajriba almashish, o‘zaro delegatsiyalar tashkil etish va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish