Logo

O‘zbekiston meva va sabzavotlar eksporti 1,9 milliard dollardan ortdi

Dekabr 29, 2025. 12:48 • 49 soniya

117
O‘zbekiston meva va sabzavotlar eksporti 1,9 milliard dollardan ortdi

TOSHKENT, 29-dekabr. /“Dunyo” AA /. O‘zbekiston xorijga 1,9 milliard dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston meva va sabzavotlar eksportida barqaror o‘sishni namoyish etib, xalqaro bozorlardagi o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylari davomida mamlakatimiz tomonidan 1,9 milliard dollar qiymatidagi 2 million tonna mahsulot eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga ko‘pdir. Meva-sabzavot eksportining mamlakat umumiy eksport hajmidagi ulushi esa 6,3 foizni tashkil etdi.

Ularning tarkibi quyidagicha:

- meva va rezavorlar – 580,9 ming tonna;

- sabzavotlar – 553 ming tonna;

- tarvuz-qovun – 232,9 ming tonna;

- yeryong‘oq va yong‘oqlar – 25,8 ming tonna;

- mosh – 129,6 ming tonna;

- boshqalar – 500 ming tonna.

Eksportning bu kabi o‘sishi logistika tizimining yaxshilanishi, tashqi bozorlarning kengayishi va mahsulot sifatining oshishi tufayli amalga oshdi.

O‘zbekiston xalqaro maydonda yangi va sifatli meva-sabzavot mahsulotlarining ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish