O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda
Aprel 15, 2026. 19:34 • 1 daq
• 187
TOSHKENT, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Latviya elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hukumatlararo bitimni imzolashni jadallashtirish va mehnat migratsiyasi sohasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini bildirib, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma qadamlarni kelishib oldi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi