O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya kelishuvini imzolagan birinchi hamkorga aylanishi mumkin
May 07, 2026. 10:55 • 46 soniya
• 375
STOKGOLM, 7-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxann Forssell bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida keng qamrovli hukumatlararo bitimni imzolashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘shma saʼy-harakatlar, shuningdek, ushbu hujjatning kelgusida ijro etilishi mexanizmlari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida vazir O‘zbekiston Shvetsiya migratsiya sohasida bitim imzolashni rejalashtirayotgan birinchi davlat bo‘lishini hamda bu ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi