O‘zbekiston va Serbiya parlamentlararo muloqotni kengaytirishdan manfaatdor

BELGRAD, 9-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Xalq skupshinasi (parlamenti) raisining o‘rinbosari Marina Ragush bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Serbiya parlamentlararo hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning 2025-yil 28–30-oktyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar va parlament do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda institutsional muloqotni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bo‘lajak xalqaro parlament tadbirlarida ishtirok etish va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston–Serbiya parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlashdan hamda uning amaliy va mazmunli jihatlarini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi