Logo

O‘zbek tadbirkorlari iroqlik biznesmenlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etdi

Dekabr 24, 2025. 17:57 • 2 daq

284
O‘zbek tadbirkorlari iroqlik biznesmenlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etdi
O‘zbek tadbirkorlari iroqlik biznesmenlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etdi
O‘zbek tadbirkorlari iroqlik biznesmenlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etdi
O‘zbek tadbirkorlari iroqlik biznesmenlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etdi

BAG‘DOD, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi hamda Iroq Iqtisodiy kengashi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston­­­­­­­­-­­­­­Iroq­ biznes forumi” tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston biznes-delegatsiyasi tarkibidan oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika, mebelsozlik va qurilish materiallari kabi yuqori eksport salohiyatiga ega yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 25 ta yirik kompaniya vakillari o‘rin oldi.

Tadbirda 200 dan ortiq iroqlik investor, importyor va biznesmenlar qatnashdi.

Forum davomida O‘zbekiston ­­­­­Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulamov, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev, “O‘zbekneftegaz”, “O‘zeltexsanoat” va “O‘zto‘qimachiliksanoat” vakillari yurtimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Vakillarimiz O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, sanoat va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish qildi

Xalqaro tadbirda “O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi savdo almashinuvini kuchaytirish va kengaytirish” hamda “Investitsiyalar uchun istiqbolli imkoniyatlar” mavzularida 2 ta alohida panel sessiyalari tashkil etildi.

Ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralar samaradorligini taʼminlash maqsadida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tekstil, oziq-ovqat, qurilish va boshqa turdagi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistondagi “Sam Rafoat Tekstil”, “Artel electronics manufacturing”, “Radiks”, “Samarkand­-England eco-medical”, “Zafarxon” kabi kompaniyalarining mahsulotlari biznesmenlarga namoyish etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish