Turkiy davlatlar dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Dekabr 22, 2025. 16:34 • 54 soniya
• 120
ANQARA, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Anqara shahrida Turkiya Prezidenti devoni Kommunikatsiyalar idorasi tomonidan “Turkiy dunyo dezinformatsiyaga qarshi kurash” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Forumda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobuljon Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik rivojlanib borayotgan bir vaqtda axborot maydonini muhofaza qilish, dezinformatsiyaga qarshi kurashda tajriba almashish, umumiy maqsadlarni targ‘ib qilishda media vositalaridan unumli foydalanish borasida fikr almashildi.
Axborot vositalari nafaqat maʼlumot manbai, balki jamiyat ongini, xususan, yoshlarning madaniyatini shakllantiradigan vosita ekanini inobatga olib, ular o‘rtasida media-savodxonlikni keng targ‘ib qilish muhimligi taʼkidlandi.
Axborot makonida hamjihatlik bilan harakat qilish, turli dezinformatsiyalarga qarshi munosib va tezkor kontentlar bilan o‘z vaqtida bir yoqadan bosh chiqarib, kurashish samarali natija keltirishi bildirildi. Buning uchun Turkiy davlatlar o‘rtasida media hamkorligini yana-da rivojlantirish uchun umumiy media platformasini tuzish ilgari surildi. Media sohasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-gumanitar aloqalarning yana-da kuchayishiga zamin yaratishi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Serbiya poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi
BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi