O‘zbekiston va Serbiya sog‘liqni saqlashdan tortib davlat boshqaruvigacha bo‘lgan asosiy sohalarda sheriklikni mustahkamlamoqda
Dekabr 22, 2025. 13:49 • 2 daq
• 208BELGRAD, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Belgradga amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov va Serbiya hukumati vakillari o‘rtasida asosiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, Serbiya sog‘liqni saqlash vaziri Zlatibor Lonchar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda sog‘liqni saqlash sohasidagi O‘zbekiston-Serbiya hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligini taʼkidladilar. Serbiya tomoni Prezident Aleksandr Vuchichning O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimni amaliy ijro etishga tayyorligini tasdiqladi.
Shuningdek, Serbiya sport vaziri Zoran Gayich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sport va jismoniy tarbiya sohasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Serbiya sport vaziri O‘zbekiston-Serbiya oliy darajadagi sammiti davomida imzolangan hamkorlik bayonnomasi asosida O‘zbekiston Sport vazirligi bilan o‘zaro aloqalarni faollashtirishga tayyorligini bildirdi. Serbiya tomoni hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi. Muzokaralar davomida murabbiylar almashinuvini kengaytirish, sport federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, sport ilmi va tibbiyoti sohasida hamkorlik qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Tashrif doirasida Serbiya taʼlim vaziri Dejan Vuk Stankovich bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar taʼlim va akademik almashinuv sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, ikki mamlakatning sohaviy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Qo‘shma taʼlim dasturlarini ishga tushirish, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, fan va innovatsiyalar sohasidagi qo‘shma loyihalarni joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni kelishib olish, jumladan, 2026 yilda vazirliklar o‘rtasida onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish vaziri Snejana Paunovich bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, tajriba almashish, mutaxassislarni tayyorlash va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Muzokaralarda O‘zbekistonning Belgradda o‘tadigan “EKSPO 2027” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rishdagi ishtiroki, jumladan, alohida milliy stendni tashkil etish istiqbollari ham tilga olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Serbiya poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi
Turkiy davlatlar dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi



