O‘zbekiston va Serbiya poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi
Dekabr 22, 2025. 18:14 • 28 soniya
• 153
BELGRAD, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Serbiya poytaxtida mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov va Belgrad shahri meri o‘rinbosari Vesna Vidoyevich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar munitsipal va madaniy darajadagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda ko‘chalarga O‘zbekiston va Serbiya sharafiga nom berish, madaniyat va sanʼat tadbirlarini tashkil etish, Belgradda O‘zbekiston ko‘rgazmalarini o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Galdagi qadamlar sifatida, tomonlar qo‘shma loyihalarning tafsilotlarini kelishib olish uchun ikki mamlakatning tegishli muassasalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Turkiy davlatlar dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi