Logo

O‘zbekiston va Germaniya ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish niyatida

Yanvar 26, 2026. 19:06 • 37 soniya

199
O‘zbekiston va Germaniya ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish niyatida

TOSHKENT, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkentda O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 20-raundi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov hamda xorij tomoniga Germaniya tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakili Niklas Vagner boshchilik qildi.

Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni puxta va o‘z vaqtida amalga oshirish mexanizmlarini, siyosiy-diplomatik munosabatlarni rivojlantirish, savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida muloqotni chuqurlashtirish jarayoni va istiqbollarini batafsil muhokama qildi.

Siyosiy maslahatlashuv yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni sifatli bajarish zarurati taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish