O‘zbek milliy madaniyati Daniyada namoyish etildi
Aprel 15, 2026. 16:26 • 2 daq
• 263KOPENGAGEN, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. Kopengagen shahrida joylashgan Daniya texnika universitetida “Turkiy xalqlar madaniyati kechasi” bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA korrespondenti.
Mazkur tadbir doirasida ushbu mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan diaspora tashkilotimiz - “O‘zbek tashabbuslari” uyushmasi tomonidan “O‘zbekiston mdaniyati va sanʼati” stend-taqdimoti tashkil etildi.
“Ushbu ko‘rgazmani mamlakatimizning Stokgolm shahridagi elchixonasi “Vatandosh” jamoatchilik fondi va “Hunarmand” uyushmasining ko‘magida o‘tkazdik”, – dedi uning tashkilotchisi, uyushma rahbari Maʼrifat Akbarova.
Daniyalik jamot vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarni to‘plagan ushbu tadbirda O‘zbekiston tarixi, tili va madaniyati haqida ham fikr yuritildi.
Kechaning ijodiy qismida “O‘zbek tashabbuslari” uyushmasi faollari Maʼrifat Akbarova va Zulfizar Axmedova tomonidan o‘zbek milliy naqshlari asosida chinni-keramika idishlarga rasm chizish (dekorativ keramika) bo‘yicha kreativ mahorat darsi tashkil etildi.
“Mana shunday master-klass mashg‘ulotlari orqali biz daniyaliklarga o‘zbek milliy hunarmandchiligi, sanʼati va madaniyatining boy va rang-barang merosini namoyish etishni niyat qildik”, – dedi diaspora vakillari.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



