Logo

“Jibek Joly” xalqaro turistik poyezdi Markaziy Osiyoning uch davlatini o‘zaro bog‘laydi

Yanvar 28, 2026. 17:12 • 49 soniya

251
“Jibek Joly” xalqaro turistik poyezdi Markaziy Osiyoning uch davlatini o‘zaro bog‘laydi

OSTONA, 31-yanvar. /“Dunyo” AA/. Shu yilning 20-25-mart kunlari “Jibek Joly” xalqaro turistik poyezdi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonni yagona madaniy-maʼrifiy yo‘nalish doirasida birlashtiradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Liter.kz” nashriga tayanib.

Ushbu sayohat Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim manzillari bo‘ylab o‘tadi. Yangilangan marshrut Olmaota–Turkiston–Samarqand–Dushanbe–Toshkent–Olmaota shaharlarini qamrab olib, mintaqaning qadimiy shaharlari, maʼnaviy markazlari va zamonaviy poytaxtlarini o‘zaro bog‘laydi. Bu galgi sayohat yo‘nalishi Tojikiston poytaxti – Dushanbe shahrining qo‘shilishi hisobiga yana-da kengaytirildi.

Turistik paket qiymatiga poyezdda harakatlanish, professional gidlar hamrohligidagi ekskursiya dasturlari, tarixiy obidalarga kirish chiptalari va turoperatorlar tomonidan tashkil etilgan barcha transferlar kiritilgan. Sayohat ishtirokchilari Markaziy Osiyo xalqlarining bahoriy bayram anʼanalari, milliy marosimlar, anʼanaviy musiqa va mintaqaning o‘ziga xos urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mintaqaviy turizmni rivojlantirish bilan bir qatorda, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyoning yagona turistik makon sifatidagi jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish