Logo

Ar-Riyoz shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi

Dekabr 24, 2025. 21:55 • 51 soniya

179
Ar-Riyoz shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi
Ar-Riyoz shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 24 dekabr. / “Dunyo” AA/. Ar-Riyoz shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya kecha Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ihab bin Muhammad Al-Najjar bilan konsullik maslahatlashuvlarining birinchi davrasini o‘tkazdi.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ushlab turish, vaqtincha saqlash hamda deportatsiya qilish holatlarida o‘zaro xabardor etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, hujjatlarni o‘zaro tan olish va apostil tizimi, migratsiya hamda konsullik xizmatlarini raqamlashtirish yo‘nalishlarida tajriba almashish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Saudiya Arabistoni Podshohligida xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun joriy etilishi rejalashtirilayotgan yangi raqamli platformani O‘zbekistonda ham tatbiq etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Mazkur tizim xorijiy fuqarolarning Saudiyada bo‘lishi davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni oldindan aniqlash va samarali hal etishga xizmat qiladi.

Muloqot yakunida konsullik maslahatlashuvlarining ikkinchi davrasini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish