Logo

O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Iordaniya elchisi 2026-yilda ikki tomonlama kun tartibida turgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini taʼminlash masalalarini muhokama qildilar

Dekabr 23, 2025. 11:43 • 38 soniya

210
O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Iordaniya elchisi 2026-yilda ikki tomonlama kun tartibida turgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini taʼminlash masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev kecha Iordaniya elchisi Demiye Haddad bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, 2025-yil davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va taʼlim sohalarida erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilindi.

Shuningdek, 2026-yilda ikki tomonlama kun tartibida turgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini taʼminlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish