Chaqaloq volidasi bilan Vatanga qaytarildi
Dekabr 26, 2025. 10:07 • 47 soniya
• 177
YEKATERINBURG, 26-dekabr. /“Dunyo” AA/. Diplomatlar Rossiyada onasi tomonidan tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan o‘zbekistonlikning fojiali taqdiriga yana bir bor duch keldi va ularni Vatanga qaytarish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga Sverdlovsk shahridagi 1-shahar bolalar klinikasi vakillari O‘zbekiston fuqarosi X.S. o‘z bolasini tashlab qochib ketgani xususida murojaat qilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, ona avvalroq shifokorlarga juda zaif tug‘ilgan va maxsus vakuumga joylashtirilgan chaqalog‘idan voz kechishini aytgan. Oradan 3 kun o‘tganidan so‘ng u go‘dagini tashlab, o‘zi shifoxonadan chiqib ketgan.
Diplomatlar vatandoshni topib, u bilan bolani vatanga qaytarish zarurligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazdi. Ular bolani ro‘yxatdan o‘tkazishdi, ona va chaqaloqqa barcha zarur hujjatlarni bepul rasmiylashtirdi. Rossiyaning ushbu mintaqasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar ko‘magida klinika tibbiy xizmatlari to‘lovi hal qilindi.
O‘zbekiston Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ona va bolaga “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar xarid qilinib, mamlakatimizga qaytishi uchun reysga kuzatildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Uraldagi vatandosh yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Novosibirskdagi vatandoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi