O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni tizimli rivojlantirish maqsadida ishchi guruh tuziladi
Dekabr 25, 2025. 20:35 • 1 daq
• 208
TOSHKENT, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Ar-Riyoz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Saudiya Arabistoni inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad Al-Sharqiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida qonuniy mehnat migratsiyasi, kasbiy tayyorgarlik, mehnat inspeksiyasi, shuningdek, ushbu sohadagi masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
2026-yil yanvar oyidan Saudiya Arabistonida “Takamul” kompaniyasi tomonidan chet el fuqarolarini ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan yangi platformani joriy etish hamda ushbu platformani O‘zbekistonda ham tadbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur tizim orqali O‘zbekiston fuqarolari ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat shartnomalarini tuzish imkoniyatiga ega bo‘lishi qayd etildi.
Shuningdek, Saudiya Arabistonida joriy etilgan “ Qiwa” platformasini O‘zbekistondagi kasbiy tayyorlov markazlariga integratsiya qilish hamda ishchilarning malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni tizimli rivojlantirish maqsadida ishchi guruh tashkil etishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi 2026 yil 29–30-yanvar kunlari Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tadigan “Global Labor Market Conference” xalqaro forumida ishtirok etishga taklif etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbek tadbirkorlari iroqlik biznesmenlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etdi
O‘zbekiston va Serbiya poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi
Turkiy davlatlar dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi