Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari BAA Inson resurslari va amirliklashtirish vazirligi xalqaro aloqalar bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashuv o'tkazdi

Dekabr 12, 2025. 20:06 • 58 soniya

80
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari BAA Inson resurslari va amirliklashtirish vazirligi xalqaro aloqalar bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashuv o'tkazdi

TOSHKENT, 12-dekabr. /“DunyoAA/. Bugun Dubay shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullaev BAA Inson resurslari va amirliklashtirish vazirligi xalqaro aloqalar bo'yicha maslahatchisi Abdulla al-Nuaymi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat davomida tomonlar o'rtasida qonuniy migratsiya, Amirliklarda mehnat faoliyatini yuritayotgan O'zbekiston fuqarolari bilan bog'liq vaziyatlar xususida fikr almashildi.

Abdulla al-Nuaymi mamlakatda joriy etilgan mehnat tizimi, xorijiy ishchilar uchun taqdim etiladigan shart-sharoitlar xususida batafsil ma'lumotlar taqdim etdi.

Xususan, ishlash uchun taklif olib kelgan barcha fuqarolarning huquqlari vazirlik tomonidan to'liq nazorat qilinishi, oylik maoshlarini o'z vaqtida ta'minlanishi asosiy masala ekanligini ta'kidladi.

O'zbekiston aholisining asosini yoshlar tashkil etishini inobatga olib, yurtimizning malakali kadrlariga bo'lgan ehtiyojni alohida ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida amirliklarning ish haqini himoya qilish tizimi, inspektsiya nazorati va raqamlashtirish bo'yicha ilg'or amaliyotlarini o'rganish maqsadida o'quv seminarlarini tashkil etish, BAAning mehnat tizimi tajribasini o'rtoqlashish uchun O'zbekiston mutaxassislari bilan onlayn muloqotlar o'tkazish, shuningdek, rekruting kompaniyalari orqali amirliklarda ishlayotgan vatandoshlarimiz sonini oshirishga qaratilgan qo'shma choralarni faollashtirish bo'yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish