Logo

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya korxonalari to‘qimachilik yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yadi

Fevral 14, 2026. 15:00 • 55 soniya

140
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya korxonalari to‘qimachilik yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yadi

LONDON, 14-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniya moda va to‘qimachilik uyushmasi (UKFT) bosh ijrochi direktori Adam Mensell bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokara davomida O‘zbekiston tekstil va tikuv-trikotaj sanoatini Britaniya taʼminot zanjiriga integratsiya qilish hamda mamlakatimizni ishonchli va barqaror hamkor sifatida tanitish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini kengaytirish va Britaniya kompaniyalari bilan kooperatsiyani kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Muloqotda Britaniya bozoriga kirishda xalqaro ko‘rgazmalar, sohaviy forumlar va B2B platformalarining o‘rni alohida qayd etildi. Bunday tadbirlar O‘zbekiston mahsulotlarini Britaniyada keng targ‘ib qilish va yangi sheriklar topish uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qilishi bildirildi.

Uchrashuv yakunida to‘qimachilik va moda sanoatida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda biznes doiralar o‘rtasida tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

UK Fashion & Textile Association (UKFT) – Britaniyadagi yirik sohaviy tashkilot bo‘lib, 2500 nafardan ortiq aʼzolarni birlashtiradi. Assotsiatsiya prezidenti – Qirol Charlz IIIning singlisi, Malika Anna hisoblanadi. Tashkilot Britaniya moda va to‘qimachilik sanoati manfaatlarini himoya qiladi hamda kompaniyalarga eksport va innovatsiyalar borasida ko‘mak beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish