Logo

Niderlandiya ishbilarmon doiralari O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdi

Fevral 14, 2026. 16:00 • 46 soniya

171
Niderlandiya ishbilarmon doiralari O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdi

AMSTERDAM, 14-fevral. /“Dunyo” AA/. Belgiyadagi elchixonamiz diplomatlari tomonidan “Netherlands Enterprise Agency” (RVO) agentligi bilan hamkorlikda Niderlandiya ishbilarmon doiralari va kompaniyalari vakillari uchun mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida diplomatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar, iqtisodiy o‘sishni taʼminlash borasidagi yutuqlar va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi saʼy-harakatlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Niko Sxermers o‘z chiqishida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ijobiy natijalarni alohida eʼtirof etdi. U Niderlandiya kompaniyalarini yaratilgan imkoniyatlardan faol foydalanishga, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni jalb qilishga chaqirdi.

Niderlandiya kompaniyalari vakillari o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, qo‘shma investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish hamda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tarmoq forumlari va biznes-missiyalarda ishtirok etishga katta qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida birgalikda ishlashning aniq yo‘nalishlari va muloqotni izchil davom ettirish bo‘yicha kelgusi rejalar kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish