Logo

Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Dekabr 13, 2025. 15:50 • 45 soniya

186
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

MAKKA, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatamizning Jiddadagi Bosh konsulxona tomonidan Makka shahridagi “Marmara Hotel” mehmonxonasida o‘zbekistonlik umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda yaqinda nishonlangan davlat ramzlari – O‘zbekiston Konstitutsiya hamda bayrog‘i qabul qilingan kun haqida so‘z bordi. Unda Konstitutsiyaning mamlakatimiz tinchligi, barqarorligi, qonun ustuvorligi, ochiq jamiyat va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarining bosh kafolati ekani taʼkidlandi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar bo‘layotgani qayd etildi. Xususan, milliy anʼana hamda qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh

va masjidlarni obodonlashtirish borasidagi bunyodkorlik ishlari eʼtirof etildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston hukumati tomonidan barcha o‘zbekistonlik haj va umra ziyoratchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar uchun minnatdorlik bildirdi. 

Tadbir so‘nggida yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar O‘zbekistonning tinchligi va osoyishtaligi, mehnatkash xalqimiz haqqiga duo qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish