Logo

Pusanda vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Fevral 18, 2026. 09:00 • 46 soniya

150
Pusanda vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

PUSAN, 18-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Pusan shahridagi Dong universitetida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston elchisi Alisher Abdusalomov elchixona faoliyati va joriy yilgi ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Elchining taʼkidlashicha, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalardagi faoliyat bilan bir qatorda xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ishtirokchilarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning ochiq va pragmatik tashqi siyosati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturlari, yangi texnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun imkoniyatlar, vatandoshlarning farzandlariga o‘zbek tili, madaniyati va tarixini o‘rgatishning ahamiyati, konsullik xizmatlarining shaffofligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Qatnashchilar O‘zbekiston rahbariyatiga mamlakatimiz yoshlarining xorijda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan sharoitlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish