O‘zbekiston bosh konsuli Omskda og‘ir ahvoldagi bemor yurtdoshimiz holidan xabar oldi
Fevral 12, 2026. 08:10 • 42 soniya
• 174OMSK, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Omsk shahriga tashrifi chog‘ida 2025-yil sentyabr oyida uch metr balandlikdan yiqilib, jarohat olgani sababli tibbiyot muassasasida davolanayotgan vatandoshimizni yo‘qladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bosh konsul Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda Omsk viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi Klinik tibbiy-jarrohlik markazining davolovchi shifokori va travmatologiya bo‘limi boshlig‘i bilan ham muzokara o‘tkazdi.
Ayni paytda bemor sunʼiy nafas apparatiga ulangan holda davolanmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu tibbiyot markazi shifokorlari va tibbiyot xodimlari yurtdoshimizga samimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, uni asrab-avaylab, hayot faoliyatini saqlab qolish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Muloqot yakunida Rossiya tomoni bemorning og‘ir ahvolini inobatga olib, keyingi davolanish uchun to‘lov talab qilmasligi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Vaziyat O‘zbekiston bosh konsuli tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


