Logo

O‘zbekiston turshak eksportini oshirmoqda

Yanvar 08, 2026. 12:24 • 48 soniya

165
O‘zbekiston turshak eksportini oshirmoqda

TOSHKENT, 8-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijning 56 ta davlatiga umumiy qiymati 45,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,9 ming tonna quritilgan o‘rik (turshak) eksport qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 13,7 ming tonnaga yoki 2,4 baravarga oshgan. Bu jahon bozorida O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston quritilgan o‘rigini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

-Xitoy — 5,5 ming tonna;                                          

-Qozog‘iston — 4,6 ming tonna;

-Turkiya — 4,1 ming tonna;

-Rossiya — 1,8 ming tonna;

-Ukraina — 1,5 ming tonna.

Dunyoning boshqa mamlakatlariga jami 6,5 ming tonna mahsulot eksport qilingan.

Yetkazib berish geografiyasining kengayishi va eksport hajmining bir necha barobar ortishi O‘zbekistonning yuqori sifatli quritilgan o‘rik yetkazib beruvchi yetakchi davlatlardan biri sifatidagi mavqei mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi hamda mamlakat eksport salohiyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini aks ettiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish