Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Surxondaryoda iftorliklar bo‘lib o‘tdi
Mart 17, 2026. 14:00 • 50 soniya
• 34
TOSHKENT, 17-mart. /“Dunyo” AA/. 13–15-mart kunlari Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yashovchi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar vakillari uchun iftorlik dasturxoni yozildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu xayrli tadbirlar O‘zbekiston Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirlarda Sho‘rchi tumanidan 250 kishi, Qumqo‘rg‘on tumanidan 250 kishi hamda Jarqo‘rg‘on tumanidan 240 kishi qatnashdi.
Iftorlikka yig‘ilganlar yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar bardavom bo‘lishini tilab duo qilishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi