Logo

Kapital harakati: Markaziy Osiyoda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya

Mart 17, 2026. 12:19 • 4 daq

69
Kapital harakati: Markaziy Osiyoda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya

Markaziy Osiyo Yevrosiyodagi tez o‘sayotgan investitsion maydonlardan biriga aylanmoqda. So‘nggi yillarda mintaqadagi o‘zaro savdo hajmi 10,7 milliard dollarga yetdi, jami investitsiyalar 17 foizga oshdi. Barqaror o‘sish, logistika rivoji va yaqqol investitsiyaviy siyosat hukm surayotgan jarayonda global kapital mintaqa manfaatlari ichra tobora faol taqsimlanmoqda.

Mintaqaning xalqaro o‘rni ham mustahkamlanmoqda, albatta. «Markaziy Osiyo +» formatidagi hamkorlik tizimli ravishda o‘sib, taʼsir doirasi kuchli xalqaro maydonlarda mamlakatlararo kelishilgan pozitsiya bo‘y ko‘rsatmoqda. Ushbu formatga Ozarbayjonning qo‘shilishi bilan mintaqaning xalqaro hamjamiyatdagi ovozi yuksalishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston va Ozarbayjon: hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston va Ozarbayjonning ikki tomonlama munosabatlari yangi darajaga ko‘tarilmoqda. Tarixiy yaqinlik, madaniy qardoshlik va geografik uzviylik aniq iqtisodiy loyihalar va infratuzilmaviy tashabbuslarga aylanishi jadallashdi.  

Bugungi hamkorlik faol siyosiy dialog, tovar almashinuvi o‘sishi va investitsiyaviy oqimning kengayishi bilan xarakterlanmoqda. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, sanoat hamkorligi va o‘zaro infratuzilmaviy loyihalar asosiy kuch bo‘lib xizmat qiladi. 

Strategik hamkorlik istiqbolida har ikkala mamlakat savdoni kengaytirish, iqtisodiy kooperatsiyalarni chuqurlashtirish va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda bir yoqadan bosh chiqaradi. Zero, 2025-yilda tomonlar o‘zaro tovar almashinuvi hajmini 2030-yilgacha 1 milliard dollarga oshirish maqsadida sanoat kooperatsiyasi va savdo rivojiga oid dasturni imzoladilar

Makroiqtisodiy dinamika va investitsiyaviy rejalar

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilidan ayon bo‘ldiki, ikki tomonlama hamkorlikda barqaror va ijobiy o‘sish ko‘zga tashlanmoqda. O‘tgan 8 yil ichida O‘zbekiston 120 milliard dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, demak, iqtisodni liberallashtirish va sarmoyaviy muhitning yaxshilanishi asnosida kapital oqimining tezlashganini sezish mumkin. 

O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari tovar almashinuvini sezilarli oshirish maqsadida savdoning maqbul keluvchi huquqiy va texnik tartibini shakllantirish ustida ishlamoqdalar. 2026 yilda qo‘shimcha 50 milliard dollarga teng xorijiy sarmoyalarni jalb etishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston investitsiyaviy siyosatda yangi ustuvorliklarni eʼlon qildi. 

AUIK strategiyasi

Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiyaviy kompaniyasi (AUIK) asosan ikki davlat hududida barqaror va uzoq muddatli o‘sishga ega loyihalarga diqqat qaratadi. Shuningdek, kompaniya ikkala davlatning strategik manfaatlariga mos kelgan taqdirda boshqa mamlakatlarning tashabbuslari uchun ham ochiqdir. 

Investitsiyaviy strategiya ikkita yo‘nalish atrofida quriladi: talab ehtimoli yuqori bo‘lgan barqaror tarmoqlar va yuqori texnologik salohiyatga ega yangi jabhalar. Mazkur muvozanat bir vaqtning o‘zida juft imkoniyat beradi: kutilajak xatarlarni kamaytirish va yangi bozorlarni shakllantirishda ishtirok etish. Ustuvor yo‘nalishlar sirasiga sog‘liqni saqlash, logistika, ishlab chiqarish tarmog‘i, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, fintex, IT, taʼlim va energetika kiradi. 

Kompaniya savdo-sanoat palatalari va biznes uyushmalari bilan birga ishlash orqali xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda. Salohiyatli hamkorlar qatorida Germaniya, Italiya, Yevropaning boshqa mamlakatlari, Yaponiya va Yaqin Sharq kompaniyalari mavjud.  

Investitsiyaviy loyihalar

AUIK bir qator investitsiyaviy tashabbusilarni amalga oshirishga kirishgan. Jumladan, kompaniya texnologik sohada Engineering+ qo‘shma korxonasiga 1,7 million dollar sarmoya sarfladi. Loyiha yangi avlod data markazlari uchun asbob-uskunlarni mahalliy ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Bunda ICE+ immersion muzlatish texnologiyasidan foydalaniladi, sunʼiy intellekt va bulutli hisoblashlar uchun mikrodata markazlar, yuqori ishlab chiqarish xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Mahsulot ichki bozor hamda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport uchun mo‘ljallangan. 

Taʼlim sohasida AUIK Toshkentdagi American University of Technology ulushnini olgan. Ayni vaqtda universitet Cintana Education va Arizona State University bilan hamkorlikda ishlamoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2 million dollarni tashkil etadi. Mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish va universitet moddiy-texnik bazasini kuchaytirishga yo‘naltiriladi. 

Hozirgi vaqtda kompaniya turli sohalardagi 15 ta istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqmoqda. 

Istiqboldagi rejalar

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy rishtalar savdo va madaniy almashinuv soyasida qaror topganini taʼkidlash joiz. Bugungi kunda esa ular iqtisodiy integratsiya, transport aloqalari va investitsiyaviy hamkorlik orqali taraqqiy etmoqda. 

Ishbilarmon doiralarni kengaytirish, ko‘shma korxonalar tashkil qilish, yangi bozor ko‘nikmalarini egallash investitsiyaviy oqimning yana-da ortishiga zamin hozirlamoqda. Bunday majmuaviy yondashuv nafaqat erishilgan natijalarni mustahkamlaydi, balki uzoq muddatli strategik hamkorlik rivojini ham taʼminlaydi. 

Global investitsiyaviy oqimlarni taqsimlash sharoitida O‘zbekiston va Ozarbayjon investitsion muhit, infratuzilma va texnologiyani rivojlantirishga asoslangan hamkorlikning mintaqaviy modelini shakllantirmoqda. 


Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish