O‘zbekiston diplomatlari Oqtovda vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Fevral 04, 2026. 16:09 • 26 soniya
• 111
OQTOV, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. 3-fevral kuni O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonda vaqtincha ishlab turgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv doirasida hamyurtlarning yashash shart-sharoiti o‘rganildi va konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish berildi.
Shu bilan birga fuqarolarga hozirgi kunda O‘zbekistonda mehnat muhojirlarini kasb-hunarga o‘rgatish hamda migratsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Vatandoshlarga O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy, xotin-qizlarni va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
