Logo

Polshadan munosabat: O'zbekiston adolat, tenglik, insonga g'amxo'rlik tamoyillariga tayangan holda yuksak marralar sari dadil qadam tashlashda davom etmoqda

Dekabr 10, 2024. 21:24 • 2 daq

444
Polshadan munosabat: O'zbekiston adolat, tenglik, insonga g'amxo'rlik tamoyillariga tayangan holda yuksak marralar sari dadil qadam tashlashda davom etmoqda

VARSHAVA, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning Qozog'istondagi sobiq elchisi Vladislav Sokolovskiy "Dunyo" AA uchun intervyusida xalqimizni O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan tabrikladi:

– Aziz do'stlar, aziz O'zbekiston fuqarolari! Sizlarni ajoyib bayram – O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz.

1992-yil 8-dekabrda asosiy davlat hujjati – O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilindi va u mamlakatning o'ttiz ikki yillik barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishiga asos bo'ldi. Ushbu Asosiy qonun zamonaviy, huquqiy va demokratik jamiyat qurishga, respublikaning barcha fuqarolari uchun teng huquq va erkinliklarni ta'minlashga poydevor bo'lmoqda.

O'tgan yili Konstitutsiyaga kiritilgan muhim o'zgartishlar oldinga qo'yilgan muhim qadamdir. Bu o'zgartishlar mamlakatning huquqiy asoslarini mustahkamlabgina qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Konstitutsiyada fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, har bir inson uchun qulay ta'lim, tibbiy xizmat va munosib hayot kafolatlari mustahkamlandi. Bu O'zbekiston adolat, tenglik, insonga g'amxo'rlik tamoyillariga tayangan holda yuksak marralar sari dadil qadam tashlab borayotganidan dalolatdir.

Barcha O'zbekiston fuqarolariga chin qalbimdan mustahkam sog'lik, baxt-saodat, farovonlik va Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman. Konstitutsiya farovon jamiyat qurish yo'lida hamisha mustahkam poydevor bo'lib qolsin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish