Logo

Eyndxoven ko'rgazmalar zalida o'zbek madaniyati burchagi tashkil etildi

Dekabr 10, 2024. 11:21 • 46 soniya

413
Eyndxoven ko'rgazmalar zalida o'zbek madaniyati burchagi tashkil etildi

EYNDXOVEN, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. Niderlandiyaning Eyndxoven ko'rgazmalar zalida 8-dekabr – O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan o'zbek madaniyati burchagi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Niderlandiya jamoatchiligi vakillari, ushbu mamlakatda yashayotgan va ta'lim olayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Yig'ilganlarga O'zbekiston Konstitutsiyasi tarixi, ushbu sana 1992-yildan buyon yurtimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi ta'kidlandi. Shuningdek, 2023-yil aprel oyida O'zbekistonda umumxalq referendumi o'tkazilgani, uning natijasida mamlakatimizning Asosiy qonuni yangi tahrirda qabul qilingani ma'lum qilindi.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yana-da jipslashtirish, ularning qalbi va ongida ona yurti bilan faxrlanish tuyg'usini yuksaltirish, milliy o'zlikni saqlab qolish muhimligi urg'ulandi. Qayd etilganidek, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo'llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga yo'naltirish O'zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biridir.

Ko'rgazmada o'zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari va liboslari namoyishi etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish