Logo

Rossiyaning Novosibirsk shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Avgust 23, 2025. 09:33 • 59 soniya

68
Rossiyaning Novosibirsk shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

NOVOSIBIRSK, 23-avgust. /"Dunyo"AA/. O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir doirasida o'tkazilgan samimiy va ochiq muloqotlar chog'ida ishtirokchilar O'zbekiston va uning xalqiga bo'lgan samimiy munosabatlarini, hurmat va muhabbatini izhor etib, mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik yuksak darajada ekanini e'tirof etdilar.


Bosh konsul Aslam Akbarov o'z chiqishida, Mustaqillik bayrami ko'p millatli O'zbekiston xalqi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. U, shuningdek, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik izchil ravnaq topayotganini, xususan, o'zaro munosabatlar hududlar darajasida ham chuqurlashib borayotganini ta'kidladi.


Mintaqaviy siyosat vazirining o'rinbosari Igor Atyakshev viloyat gubernatori Andrey Travnikovning O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yo'llagan tabrik maktubini o'qib eshittirdi. Unda, xususan, "Ushbu yorqin sana O'zbekiston xalqi uchun erkinlik, suverenitet va farovonlik ramzi sifatida qadrlanishi" alohida ta'kidlangan.


Novosibirsk shahar hokimining o'rinbosari Kseniya Antonova chiqishida shaharning O'zbekiston bilan savdo, sanoat, ta'lim va boshqa muhim yo'nalishlardagi samarali hamkorligi to'g'risida to'xtaldi.


Tadbirning madaniy qismida o'zbek milliy raqslari va kuy qo'shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi va hunarmandchilik buyumlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish