Dubaydagi dunyoning eng baland binosi – Burj Xalifa O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi
Sentabr 02, 2025. 16:05 • 30 soniya
• 62
ABU-DABI, 2-sentabr. /"Dunyo" AA/. 1 sentyabr – O'zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklaridagi ikkita mashhur bino yurtimiz bayrog'i ranglariga burkandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, 1-sentabr kuni soat 20.00 da Abu-Dabidagi eng baland "Adnoc" binosida O'zbekiston bayrog'i jilolangan bo'lsa, soat 20.20 da Dubay shahridagi dunyoning eng osmono'par binosi Burj Xalifa ham yurtimiz bayrog'i ranglari tusini oldi.
Shuningdek, yirik shaharlardagi o'zbek milliy restoranlarida O'zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan turli aksiya va tadbirlar o'tkazildi. Xususan "Grand Zor" restoranlar tarmog'ida palov tayyorlanib, vatandoshlarga ulashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi