Anqara shahrida o'zbek milliy madaniyati keng targ'ib qilinmoqda
Avgust 05, 2025. 16:15 • 48 soniya
• 82
ANQARA, 5-avgust. / "Dunyo" AA/. Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik tantanalari arafasida Turkiyada O'zbekiston madaniyatini targ'ib etishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – Turksoy, hamda Anqara shahri tumanlari hokimliklari bilan hamkorlikda "Turkiy dunyo festivali" o'tkazildi.
Festivalda Toshkent viloyati Madaniyat bosh boshqarmasi ijodiy jamoalari vakillari faol ishtirok etdi. O'zbekiston jamoasi ijrosidagi milliy kuy-qo'shiqlarimiz, "Lazgi", "Dilhiroj" va "Andijoncha" kabi raqslarimiz tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg'otdi.
Tadbirda so'z olganlar turkiy xalqlar o'rtasidagi tarixiy yaqinlik, so'nggi yillarda izchil rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalariga alohida to'xtalib o'tdilar.
Shuningdek, "Poytaxt madaniy uchrashuvlari" nomli yana bir tadbir Anqara shahar hokimiyati mezbonligida tashkil etildi.
Unda O'zbekistondan kelgan yosh ijodkorlar – Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabalari ishtirok etdi. Balet spektakllaridan parchalar, milliy va jahon xalqlari raqslari namunalarini ijro etgan yosh o'zbek san'atkorlarining chiqishlari tomoshabinlarning ulkan e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi