Logo

Parijdan tabrik: 1-sentyabr – O'zbekiston kelajagi va uning dunyo bilan munosabatlarini tubdan o'zgartirgan muhim sana

Avgust 30, 2025. 13:17 • 2 daq

48
Parijdan tabrik: 1-sentyabr – O'zbekiston kelajagi va uning dunyo bilan munosabatlarini tubdan o'zgartirgan muhim sana

PARIJ, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. "Total Energies" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish bo'yicha direktori Emmanuel Terruar (Fransiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida xalqimizni O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan tabrikladi.

– 1991-yilda mustaqillikka erishgan O'zbekiston o'z suverenitetini mustahkamladi, mamlakat iqtisodiy dinamika, barqaror o'sish va aholi farovonligining ajoyib istiqbollarini ta'minlagan holda o'z taraqqiyot yo'lini barpo etishga muvaffaq bo'ldi.


Mustaqillik sanoatlashtirishning yuqori sur'atlariga asoslangan ko'p tarmoqli bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini berdi, bu esa katta foyda keltirdi va ijobiy ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda.


2016-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbariyatiga kelishi bilan ham strategik islohotlarning amalga oshirilishi, ham tashqi sheriklar bilan erkin hamkorlik qilish imkoniyatlari tufayli mamlakatning iqtisodiy ochiqligi jarayoni sezilarli darajada tezlashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan strategik sheriklik munosabatlarini diversifikatsiya va kengaytirish siyosati tufayli Fransiya O'zbekistonning imtiyozli savdo hamkorlaridan biriga aylandi. "Total Energies" kompaniyasi ushbu hamkorlikni munosib qo'llab-quvvatlash borasida sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.


"Total Energies" kompaniyasi O'zbekistonda 2018-yildan beri, birinchi navbatda, birinchi mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida ishlab kelmoqda. Samarqand yaqinidagi Tutli mavzesida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurdik. U 2022-yil iyul oyida foydalanishga topshirilgan bo'lib, 160 000 dan ortiq aholini elektr energiyasi bilan ta'minlamoqda va CO₂ chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi.


O'zbekiston kompaniyamiz uchun muhim davlat bo'lib, biz uzoq muddatda mamlakatni barqaror rivojlanish yo'lida qo'llab-quvvatlagan holda investitsiyalar hajmini oshirish niyatidamiz.


Fursatdan foydalanib, 1 sentyabr – O'zbekiston kelajagi va uning dunyo bilan munosabatlarini tubdan o'zgartirgan, Respublika mustaqilligimizning 34 yilligi bilan "Total Energies" kompaniyasi va shaxsan o'z nomimdan O'zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish