Logo

Vengriyadan tabrik: Biz uchun O'zbekiston iqtisodiy hayotining faol ishtirokchisi bo'lish katta sharaf

Avgust 27, 2025. 12:48 • 54 soniya

53
Vengriyadan tabrik: Biz uchun O'zbekiston iqtisodiy hayotining faol ishtirokchisi bo'lish katta sharaf

BUDAPESHT, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. "OTP Bank" bosh direktori o'rinbosari Laslo Volf "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram qutlovlarini yo'lladi:

– 1-sentabr – O'zbekiston mustaqilligi kuni bilan mamlakat rahbariyati va uning xalqini ushbu muhim voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman. Biz uchun mehnat qilish va O'zbekiston iqtisodiy hayotining faol ishtirokchisi bo'lish katta sharafdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va mamlakat hukumati rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak qadrlaymiz. Bu o'zgarishlar allaqachon o'zining sezilarli natijalarini bermoqda. Iqtisodiyot jadal o'sishni namoyish etmoqda, kapital qo'yilmalar mamlakatga faol kirib kelmoqda, bu esa, albatta, uning rivojlanishini mustahkamlaydi.

"OTP Bank" ko'plab istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etib, xorijiy investorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ishonchimiz komilki, ular kelajakda barqaror iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadi va mamlakatga katta foyda keltiradi.

Mamnuniyat bilan aytishim mumkin, biz O'zbekistonga sarmoya kiritish qarorimizdan mamnunmiz. Jahon hamjamiyati ham islohotlarning erishilgan natijalarini yuksak baholab, mamlakatning to'g'ri yo'nalishdagi ilg'or harakatini e'tirof etayotganini ko'rib turibmiz.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish