O'mondan munosabat: O'zbekiston investorlar xavfsizligi va barqarorligi bilan ta'minlangan mamlakat
Iyul 25, 2025. 09:28 • 2 daq
• 59
MASQAT, 25-iyul. /"Dunyo" AA/. "Oman Trading Establishment" kompaniyasi rahbari Saad Suhayl Bahva (O'mon) O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekistonga birinchi marta 15 yil oldin borgan edim. Shu yil may oyida Toshkentda bo'lib o'tgan muhim sarmoyaviy forumda ishtirok etish uchun O'zbekistonga qaytdim. Tashrif chog'ida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'ldim. Biz O'zbekiston yetakchisi bilan uchrashishni iltimos qildik, u rozi bo'ldi. Uning qanchalik kamtar ekani, xorijlik sarmoyadorlarni O'zbekistonga kelishga rag'batlantirishni chin dildan istayotgani meni hayratda qoldirdi.
Prezident mamlakat kelajagini aniq va shaffof ko'rsatmoqda.
Bu ishonch va ilhom baxsh etadi. Uning maqsadlari aniq belgilangan. Davlatingiz rahbari O'zbekistonni sanoatda ham, turizmda ham, boshqa sohalarda ham rivojlangan mamlakat sifatida ko'rmoqchi. Tadbirkorlar va xorijiy investorlarni bu yerga kelib ishlashga undamoqda.
Bu albatta, bizni ham ruhlantirdi. Davlatingiz rahbarining xorijiy investorlar bilan ochiq va samarali muloqot qilish istagini namoyon etishi hurmatga sazovordir. Buni shaxsan men uning buyuk shaxsi va hukumati misolida ko'rdim.
Shuningdek, bu yerning odamlari chindan ham ajoyib va mehmondo'st ekan. Ular mamlakatga kelgan har bir chet ellikni ko'rishdan chin dildan xursand bo'lishadi. Ular optimistik, har doim yordam berishga va har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlashga tayyor.
Chet elliklarning do'stona munosabati, o'zbek xalqining kamtarligi va ochiqligi bizni chinakamiga go'zal O'zbekistonga faol sarmoya kiritishga undadi.
Ta'kidlaganimdek, O'zbekistonga 15 yil avval tashrif buyurgan edim, birinchi tashrif bilan hozirgisi o'rtasidagi farq haqiqatan ham sezilarli. Rivojlanishni va haqiqiy o'zgarishlarni ko'rishingiz mumkin. Ko'plab xorijiy investorlar paydo bo'ldi. O'zbekiston haqiqatan ham investorlar xavfsizligi va barqarorligi bilan ta'minlangan – go'zal va do'stona odamlar mamlakatidir.
O'zbekistonda istiqbolli sarmoyaviy loyihalar mavjudligiga guvoh bo'ldik. Investitsion salohiyatga ega har qanday g'oya daromad va foyda keltirishi mumkin.
O'zbekiston hukumati bilan hamkorlik barcha darajalarda – ma'muriy tizimlarda ham, loyihalarni muhokama qilish va o'rganishga bag'ishlangan yig'ilishlarda ham yaqqol namoyon bo'lmoqda.
So'zim yakunida, O'zbekistonga yorug' kelajak va mustahkam taraqqiyot tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi