Logo

Latviyadan munosabat: O'zbekistonning taraqqiyoti – qat'iy rahbarlik va muhim islohotlar samarasi

Sentabr 11, 2025. 10:45 • 43 soniya

282
Latviyadan munosabat: O'zbekistonning taraqqiyoti – qat'iy rahbarlik va muhim islohotlar samarasi

TOSHKENT, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Latviya mustaqil kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (LBAS) prezidenti Egils Baldzens "Dunyo" AA uchun intervyusida Toshkentda bo'lib o'tgan "Xalqaro mehnat normalarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O'zbekiston tajribasi" mavzusidagi xalqaro amaliy konferensiyaning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston majburiy bolalar mehnati muammosini muvaffaqiyatli hal qilingan va bu haqiqatan ham katta yutuqdir. Bu taraqqiyotning sababi nima? Menimcha, bu ko'p jihatdan hukumat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o'rtasidagi mustahkam uch tomonlama hamkorlik bilan bog'liq. Bunday muloqot va siyosiy iroda natijasidir.


Bugungi kunda O'zbekiston ijtimoiy farovonlik, demografik rivojlanish va umuman butun jamiyat hayotida taraqqiyotni namoyish etmoqda. Ta'lim tizimi, davlat xizmatlari, ishga o'rgatishga yondashuv - bularning barchasi muhim islohotlardir.


O'zbekistonda hayot sifati yildan-yilga yaxshilanmoqda. Buni nafaqat shaharlarda balki qishloqlarda ham ko'rish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish